» » Xotin-qizlar qo‘mitasi Nodavlat notijorat tashkilotlar klubini tashkil qildi

Xotin-qizlar qo‘mitasi Nodavlat notijorat tashkilotlar klubini tashkil qildi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi Nodavlat notijorat tashkilotlar klubi tashkil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlar sohasida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorlik qilish maydonini yaratish, ijobiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, ayollar va bolalar masalalarida duch kelayotgan muammolarda NNTlarning rolini oshirishdan iborat.

Klub sohada faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yo‘nalishlarini belgilab, shu asnoda ularni birlashtirish, namunali tashkilotlarning ish uslublari intgeratsiyasini yo‘lga qo‘yish, Xotin-qizlar ijtimoiy – siyosiy faolligini oshiradi.

Ushbu konsepsiya orqali NNTlar o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarni takomillashtirish, uzoq yillik tajribaga, o‘zining namunali ish uslubiga ega bo‘lgan va ish tajribasini ulasha oladigan jamoat tashkilotlarning boshqalar bilan uyg‘unlikda ish olib borishiga erishish kutilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9697 ta nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ulardan 376 tasi xotin-qizlar sohasida ish olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют