» » Registondagi 3D lazerli shou har kuni namoyish etiladi

Registondagi 3D lazerli shou har kuni namoyish etiladi


Samarqand shahriga tashrif buyurgan sayyohlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Registon maydonidagi 3D lazerli shou endilikda har kuni namoyish etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi“da Samarqand viloyatida muntazam ravishda o‘tkaziladigan festival, sayil va boshqa tadbirlar belgilangan.

Jumladan, mart, noyabr va dekabr oylarida “Uloq-ko‘pkari” o‘yinlari, 7-sentabrda “Kishmish” festivali o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, har bir tumanda o‘tkaziladigan sayillar va ularning aniq sanalari belgilangan.

Xususan, 7-mart kuni Urgut tumanida milliy taomlar sayli, 14-mart kuni Samarqand tumanidagi Nodirdevonbegi madrasasida sumalak sayli, 15-martda Toyloq tumanida bahor taomlari ko‘rigi, 22-mart kuni Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida kurash bellashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют