» » Namanganda Navro‘z bayrami kunlari 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi

Namanganda Navro‘z bayrami kunlari 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi


Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 20—21-mart kunlari ilk bor “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Festivalda 5 tonnalik sumalak tayyorlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Hozirda buning uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy ivitilib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi.

Bahor taomini tayyorlash uchun o‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozondan foydalaniladi. Uni pishirishga 25 nafar onaxon jalb etiladi.

Sumalak Namanganga keladigan mehmonlar, shuningdek, Mehribonlik uylari, ehtiyojmand oilalarga tarqatiladi.

Festival davomida shahardagi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining nikoh va sunnat to‘ylari o‘tkaziladi. Konsert dasturlari, milliy xalq o‘yinlari namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют