» » Stalin qabrini Qizil maydondan olish fikri ilgari surildi

Stalin qabrini Qizil maydondan olish fikri ilgari surildi


“Govorit Moskva” radiostansiyasining bosh muharriri Sergey Dorenko Federal Majlis, hukumat va prezident ma’muriyatiga Iosif Stalinning qabrini Qizil maydondan olib tashlash talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Stalin tirik”, hozircha u poytaxt markazida yotibdi. Dorenko bunga darhol chek qo‘yishga chaqirdi.

“Stalin — bu har birimiz uyalishimiz kerak bo‘lgan narsadir”, — dedi u.

Jurnalistning fikricha, har bir rossiyalik bu sharmandalikni tan olib, undan voz kechishi kerak.

Bir kun avval Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Davlat Dumasi deputatlari va ularning tarafdorlari Moskvadagi Kreml devorining yaqinida Stalinning vafotining 66 yilligi munosabati bilan uning qabriga gul qo‘ygan. Tadbirda ikki yuzga yaqin kishi ishtirok etgan.

Iosif Stalin (Jugashvili) 1920-yillar oxiridan boshlab 1953-yil vafotiga qadar SSSRning boshlig‘i bo‘lgan. Stalin bir necha marta shaxsiyatga sig‘inish va ommaviy qatag‘onlar uchun tanqid qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют