» » Elektron cho‘ntak kalkulyatori ixtirochilaridan biri vafot etdi

Elektron cho‘ntak kalkulyatori ixtirochilaridan biri vafot etdi


AQShda elektron cho‘ntak kalkulyatori ixtirochilaridan biri Jerri Merriman 87 yoshda vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Jerri Merriman yuragiga kardiostimulyator o‘rnatilganidan so‘ng ahvoli yomonlashib, Dallasdagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan edi.

U 27-fevral kuni yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jerri Merriman 1965-yilda Nobel mukofotining bo‘lg‘usi sovrindori Jek Kilbi bilan birgalikda elektron kalkulyator ixtiro qilish ustida ish boshlagan.

1967-yilda olimlar ishlanmani yakunlab, patent olish uchun hujjat topshirgan.

Qayd etilishicha, dastlabki hisoblovchi mashina 1,3 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, u to‘rtta matematik amal: qo‘shish, ayirish, bo‘lish va ko‘paytirishga oid misollarni ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют