» » O‘zbekistonda Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti filiali ochiladi


Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziriligining delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida delegatsiya a’zolari bilan vazirlik rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova tibbiyot va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari hamda bu boradagi yangi loyihalarni atroflicha muhokama qildi.

Unda aytilishicha, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetining filialini ochish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu borada qo‘shma fakultetlarni tashkil etish, bakalavriat, magistrlik va klinik ordinaturada ta’lim dasturlarini tayyorlash borasida shartnomalar tuzildi.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamkorligida “Pediatriya ishi” va “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

Joriy yil sentabrdan Rossiyaning Xalqlar do‘stligi universiteti va Toshkent davlat stomatologiya instituti birgalikda “Dermatovenereologiya” yo‘nalishida qo‘shma fakultet ochish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Orenburg davlat tibbiyot universiteti va Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida “Davolash ishi” va “Klinik psixologiya” yo‘nalishida ham qo‘shma fakultetlar tashkil qilinadi.

Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali bilan birgalikda esa oltita: “Akusherlik va ginekologiya”, “Bolalar jarrohligi”, “Travmatologiya”, “Pediatriya”, “Stomatologiya” va “Onkologiya” yo‘nalishlarida xalqaro fakultetlar tashkil qilish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 18:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют