» » “O‘zekspomarkaz”da Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlanish arafasida

“O‘zekspomarkaz”da Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlanish arafasida


Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillangan tantanali tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan samarali mehnat qilayotgan ayollar, iqtidorli qizlar, mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari safidagi xotin-qizlar taklif etilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir doirasida tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlanadi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi va mamlakat xotin-qizlarini tabriklashi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют