» » “Ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi zarur”. Buxoroda Islom Karimov ko‘chasining qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

“Ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi zarur”. Buxoroda Islom Karimov ko‘chasining qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi


O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi.

O‘zAning xabar berishicha, ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Prezidenti ushbu ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi Islom Karimov va Ibn Sino ko‘chalari kesishgan joyda bunyod etiladigan Universal sport majmuasi loyihasini ko‘zdan kechirdi.

2018-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi bo‘yicha mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Undan uchta mashg‘ulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zal o‘rin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi bo‘yicha namunaviy markaz bo‘ladi.

Majmuada yozgi va qishki sport maydonlari qurish lozimligi ta’kidlandi. Viloyatdagi sport inshootlarini inventarizatsiya qilish, ularni muayyan sport turiga ixtisoslashtirish, ommaviyligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют