» » Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi


2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi, deb yozadi O‘zA.

Mamlakatda aziz va mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, xotin-qizlarning oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, fan-texnika, innovatsiya, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda alohida tashabbus ko‘rsatib, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

“Mehnat shuhrati ” ordeni bilan

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

“Do‘stlik” ordeni bilan

“Shuhrat” medali bilan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют