» » Surxondaryo viloyati hokimi tojikistonlik hamkasbini Navro‘z bayramini birga nishonlashga taklif qildi

Surxondaryo viloyati hokimi tojikistonlik hamkasbini Navro‘z bayramini birga nishonlashga taklif qildi


Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Tojikistonning Xatlon viloyati hokimi Qurbon Hakimzodani Naro‘z bayramini birga nishonlashga chaqirdi. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar berdi.

17-mart kuni Surxandaryo viloyatining Termiz shahrida bo‘lib o‘tadigan asosiy bayram tadbiriga Tojikistonning Xatlon viloyati hokimidan tashqari shahar hokimi Tursunzoda Abduqodir Valizoda, Tojikiston bojxona va chegara postlari rahbari ham taklif etilgan.

Bayram tadbirida Xatlon va Surxondaryo san’at ustalarining hamkorlikdagi konserti bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlarining bir-birinikiga mehmon sifatida tashrif buyurishi an’anaga aylangan. Bahodir Po‘latov kuzda Tursunzoda taklifi bilan Mexrgon bayramiga tashrif buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют