» » AQSh bosh prokurori Obama davrida tayinlangan 46 prokurordan iste’foga chiqishni so‘radi

AQSh bosh prokurori Obama davrida tayinlangan 46 prokurordan iste’foga chiqishni so‘radi


AQSh bosh prokurori Jeff Seshns sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati tomonidan tayinlangan 46 federal prokurordan iste’foga chiqishni so‘radi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi bayonotiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Bu hokimiyatning bir maromda almashishini ta’minlash uchun zarur. Avvalgi ma’muriyat tomonidan tayinlangan ko‘plab prokurorlar lavozimini tark etishga ulgurdi”, — deyiladi vazirlik xabarida. 

AQShda jami 93 federal prokuror bo‘lib, bugungi kungacha ulardan 47 nafari o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

Vazirlikka ko‘ra, yangi tayinlovlar amalga oshirilgunga qadar federal prokurorlar o‘z faoliyatini davom ettiradi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют