» » Ethiopian Airlines samolyoti halokati oqibatida hech kim omon qolmadi

Ethiopian Airlines samolyoti halokati oqibatida hech kim omon qolmadi


Keniyaga uchayotgan Ethiopian Airlines samolyoti halokatga uchrashi oqibatida hech kim omon qolmagan. Bu haqda “RIA Novosti” Efiopiya davlat teleradiokompaniyasiga tayanib xabar berdi.

Bortda 33 mamlakatdan 149 nafar yo‘lovchi, shuningdek, sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Ro‘yxatga olish raqami ET-AVJ bo‘lgan Boeing 737-800 MAX mahalliy vaqt bilan 08:38 da (Toshkent vaqti bilan 10:38) Addis-Abebadan Nayrobiga yo‘l olgan, u bilan aloqa 08:44 da yo‘qolgan.

Flightradar24 portali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotning uchib chiqqandan keyingi vertikal tezligi barqaror bo‘lmagan.

Turli ma’lumotlarga qaraganda, yo‘lovchilarning 32 nafari keniyalik, 17 nafari efiopiyalik bo‘lgan. SHuningdek, ular orasida 8 nafar Xitoy fuqarosi ham bo‘lgan.

Ethiopian Airlines Group vakillari Addis-Abebadagi matbuot anjumanida bortda uch nafar rossiyalik bo‘lganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют