» » Gollandiya bosh vaziri golland hukumatini fashistlarga qiyoslagan Erdo‘g‘onning taqqosini aqlsizlik deb atadi

Gollandiya bosh vaziri golland hukumatini fashistlarga qiyoslagan Erdo‘g‘onning taqqosini aqlsizlik deb atadi


Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Gollandiya hukumatini fashistlar bilan taqqoslab aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Bu, albatta, aqldan ozganlarga xos sharh”, — dedi Gollandiya bosh vaziri Erdo‘g‘onning bayonotiga munosabat bildirarkan.

Mark Ryutte Turkiya rahbariyatining g‘azabini tushunishini ham aytib o‘tdi. Biroq, uning fikricha, fashistlar haqidagi so‘zlar chegaradan chiqish sanaladi.

Avvalroq Gollandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li samolyotining mamlakatga kirishiga ruxsatini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bunga javoban Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Gollandiya hukumatini “millatchilar va fashistlar” deb atagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют