» » Andijonlik 38 yoshli ayol 10-farzandini dunyoga keltirdi

Andijonlik 38 yoshli ayol 10-farzandini dunyoga keltirdi


Andijon shahridagi “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Shukurjon va Nasibaxon Qodirohunovlar xonadonida 10-farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Andijon viloyati perinatal markazi shifokorlari bugun, 11-mart kuni erta tongda tug‘ruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda onaning ham, qiz farzandning ham ahvoli yaxshi.

“Farzandlarim — Shukrona, Shunqorbek, Shohidbek, Shukufa, Shukura, Shoniso, Shahina, Shavqiya va Shayhulloning safi yana bir nafarga kengayganidan juda xursandmiz. Yettinchi qizimizga Shamsinur ismini qo‘yishni niyat qilib turibmiz. Yurtimizdagi har bir oilada sog‘lom o‘g‘il-qizlar o‘yin-kulgisi hamisha yangrasin ilohim”, — deydi oilaboshi Shukurjon Qodirohunov.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahridagi Bog‘ishamol avtomobil bozori hududida joylashgan “Shukrona Shunqor Shohid” xususiy korxonasi rahbari bo‘lgan o‘n nafar farzandning otasi Shukurjon Qodirohunovning “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiali rahbariyati bilan kelisholmay, kredit masalasida bir necha yildan buyon sarson yurgani haqidagi murojaati bo‘yicha olib borilgan jurnalistik surishtiruv “Daryo”da e’lon qilingan edi. 10-marta ota bo‘lgan Shukurjon Qodirohunovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat “eski hammom, eski tosligicha” qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют