» » Qatar 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun FIFAga 780 mln dollar berganlikda gumon qilinmoqda

Qatar 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun FIFAga 780 mln dollar berganlikda gumon qilinmoqda


FIFA Qatardan 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun 780 million dollardan ko‘proq pul olgan, deb xabar beradi The Times.

Ovoz berishdan uch hafta oldin federatsiya “Al-Jazira” telekanali bilan 354 million dollarlik shartnoma imzolagan. 2018-yilgi Jahon chempionatining teletranslyatsiya huquqini qo‘lga kiritish uchun 118 million, Jahon Chempionati—2022 musobaqasi uchun ham shuncha miqdorda mablag‘ to‘lagan.

Agar 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga Qatar mezbonlik qiladigan bo‘lsa, mamlakat FIFAga yana 118 million dollar to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatlar FIFA o‘sha vaqtdagi rahbarlari Zepp Blatter va Jerom Valke tomonidan imzolangan.

Keyinroq 427 million dollarlik yana bitta shartnoma imzolangandi. FIFA pullarni beIN Media Group kompaniyasidan olishi kerak bo‘lgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, barcha shartnomalarning qiymati oshirib ko‘rsatilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют