» » Uzcard kartochkalaridan valyuta yechib olish imkoniyati yaratiladi

Uzcard kartochkalaridan valyuta yechib olish imkoniyati yaratiladi


Tez orada Uzcard kartochkalari orqali bemalol valyuta yechib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov O‘zAga ma’lum qildi.

Ahror Mahmudov so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yagona umumrespublika protsessing markazi O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 29 ta bank va 40 dan ortiq to‘lov tizimlariga (to‘lov agregatorlari) protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

“Mijozlar uchun bu boradagi so‘nggi yangiliklardan biri sifatida VISA kartochkalarining tekinga ochilayotganini aytish mumkin. Buning sababi, hozirda valyutani leberallashtirish borasida yurtimizda “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilgan. Hech kimga sir emas, bir-ikki yil oldin konvertatsiya muammosi katta edi. Qora bozor va tijorat banklari o‘rtasidagi narxda katta tafovut bor edi. Endi u holatga chek qo‘yildi va barcha yo‘llar ochildi”, — deydi Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi har bir fuqaro valyutani chegarasiz miqdorda xarid qilishi mumkin. Bu banklar uchun ortiqcha xarajat bo‘lsa-da, kartochkalarni tekinga berish amaliyotini banklar qo‘llamoqda. Lekin, yaqinda konvertatsiya bunga ehtiyoj qolmaydi. Chunki, Uzcard kartochkalari orqali bemalol valyuta yechib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“Ayni vaqtda xitoylik hamkorlarimiz bilan ishlab chiqilgan kartochkalarni amaliyotda qo‘llashni boshladik. U ikkita logotipga ega bo‘lib, O‘zbekiston hududida so‘mga ishlaydi. Xorijga chiqilsa, so‘mlar avtomatik ravishda konversiya bo‘lib, siz turgan davlatning pul birligiga aylanadi”, — deydi Mahmudov.

Ta’kidlanishicha, hozirda O’zbekistondagi 12 tijorat banki tizimga a’zo bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют