» » O‘zbekistonda Uzcard kobeyjing kartalari chiqarilgach, konversion yoki valyuta kartalariga ehtiyoj qolmaydi

O‘zbekistonda Uzcard kobeyjing kartalari chiqarilgach, konversion yoki valyuta kartalariga ehtiyoj qolmaydi


O‘zbekistonda ilk kobeyjing kartalari yaqin oylar ichidayoq paydo bo‘ladi, 28 ta bankning barchasini esa 1-iyungacha tizimga ulash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh direktori Ahror Mahmudov ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Kompaniya kobeyjing kartalari ustida so‘nggi besh oydan buyon ishlamoqda. Kobeyjing kartasi — bu ikkita to‘lov tizimining qo‘shma kartasi. O‘zbekistonda birinchi bosqichda Uzcard-Visa, Uzcard-MasterCard, Uzcard-Union Pay, shuningdek, Uzcard-Dunyo kabi to‘rt turdagi kartalarni chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ishlar yakunlangach, O‘zbekistonda konversion yoki valyuta kartasini ochishga boshqa hojat qolmaydi — tanlovga ko‘ra u yoki bu xalqaro to‘lov tizimiga integratsiyalashgan Uzcard kobeyjing kartasini olish kifoya bo‘ladi.

Xuddi shu kartaning o‘zi bilan mamlakat ichida ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin — buning uchun 250 mingga yaqin terminallar qayta dasturlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют