» » UzCard Qiwi o‘tkazmalar tizimiga ulanadi

UzCard Qiwi o‘tkazmalar tizimiga ulanadi


O‘zbekiston milliy banki Yagona umumrespublika protsessing markazi va Qiwi to‘lov tizimi bilan birgalikda yangi xizmatni ishga tushirmoqda. Uning yordamida Rossiya hududidan turib UzCard plastik kartalariga AQSh dollari tushirish mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi UzNews.

Milliy bank matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu xizmat asosan Rossiya hududida ishlab, O‘zbekistonga pul o‘tkazayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun UzCard so‘m kartalarida valyuta hisobi ochilib, u yerga Rossiyadan rubldagi hisoblangan pul kelib tushadi va Qiwi to‘lov tizimi kursi bo‘yicha dollarga o‘tkaziladi. Dollarni esa O‘zbekiston hududidagi maxsus terminallarda naqdlashtirish mumkin bo‘ladi.

Ushbu loyiha mijozlarning plastik kartalariga pul mablag‘lari onlayn tizimda bankning ish vaqti va ish kunidan qat’iy nazar kelib tushishini ta’minlaydi.

“Ayni paytda loyiha yakuniy bosqichda turibdi, ayrim ishlargina qoldi. Yangi xizmat bir oy ichida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda”, — ma’lum qildi bank vakili.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментарии (2)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют