» » O‘zbekistonda ilk bor UnionPay kartalarini qabul qilish boshlandi

O‘zbekistonda ilk bor UnionPay kartalarini qabul qilish boshlandi


“Qishloq qurilish bank” Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi plastik kartalarini UzCard to‘lov tizimi terminallarida qabul qilish loyihasini yakunladi. O‘zbekistonda ilk bor joriy etilayotgan bu amaliyotni bajarish uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olishning o‘zi kifoya, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.

Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalariga o‘rnatilgan “Qishloq qurilish bank” terminallarida bir vaqtning o‘zida UzCard va UnionPay xalqaro to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi.

Xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. UnionPay xalqaro to‘lov tizimi plastik kartalariga ega xorijlik sayyoh UzCard terminallari orqali O‘zbekistonda o‘z yurtidagi kabi erkin va hech qanday cheklovlarsiz to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют