» » Olmaotada yigit uch bolani o‘limdan asrab qoldi. Ular yong‘in oqibatida halok bo‘lishi mumkin edi

Olmaotada yigit uch bolani o‘limdan asrab qoldi. Ular yong‘in oqibatida halok bo‘lishi mumkin edi


Olmaotada ikki qavatli yonayotgan uyning yonidan o‘tayotgan yigit yong‘indan  uch nafar bolani qutqarib qoldi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Voqea 11-mart kuni kechqurun shaharning Jetisu tumanidagi Pervomayskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in birinchi qavatda joylashgan yotoqxonalardan birida sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar kelmasidan oldin 1994-yilda tug‘ilgan Duysen Nurkanat derazadan yordam so‘rayotganlarning ovozini eshitib, yordamga oshiqqan.

“Uning hal qiluvchi harakati yotoqxonada yashovchilarni muqarrar o‘limdan xalos bo‘lishiga yordam bergan.U qo‘lida olti va uch yoshli bolalarni olib chiqqan, 2018-yilda tug‘ilgan uchinchi bolani esa onasi talvasa holatda oynadan otgan, Nurkanat esa ushlab olgan. Shundan so‘ng, ayol ikkinchi qavatdan o‘zi ham sakrab yong‘indan qutilgan. U yotoqxonada yashovchilar tomonidan ushlab olinganligi sababli jarohatlanmagan”, — deyiladi bayonotda.

Qutqaruvchi radioelektronika va kommunikatsiyalar harbiy-muhandislik institutida aloqachi bo‘lib ishlaydi. Erkak qahramonligi uchun mukofotlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют