» » Kit dayverni tasodifan yutib yuborib qaytib chiqarib tashladi (video)

Kit dayverni tasodifan yutib yuborib qaytib chiqarib tashladi (video)


Bahaybat kit dayver va suv osti suratkashi Rayner Shimpfni tasodifan yutib yuborib, qaytib okeanga chiqarib tashladi, deb yozadi Forum Daily.

Voqea JARdagi Port-Elizabetdan janubda joylashgan dengizda sodir bo‘lgan. Dayver akulani suratga olishga tayyorlangan vaqtda yonida katta kit paydo bo‘lgan.

Kit Rayner Shimpfni yutib yuborib dengiz tubiga sho‘ng‘igan. Shimpfning hamrohlari bu vaqtda videotasvirga olayotganligi uchun voqea kadrga tushib qolgan.

Dayverlarning aytishicha, og‘irligi taxminan 15—20 tonna bo‘lgan kit, dayverni ehtimol delfin deb o‘ylab tasodifan yutib yuborgan. Odatda kitlar odamlarni boshqa jonzotlardan ajrata oladi va u odamlarga hujum qilmaydi. Ularning ta’kidlashicha, kitlar planktonlar bilan oziqlanib, ularning halqumidan tortib oshqozon-ichagigacha odam kattaligidagi oziqlarni yeyishga mutlaqo moslashmagan.

Bir necha daqiqa o‘tgach, kit uni qo‘yib yuborgan va dayver hech qanday jarohatlarsiz omon qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют