» » Liga 1. PSJ safarda “Dijon” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)

Liga 1. PSJ safarda “Dijon” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)


12-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 18-turining qoldirilgan bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yevropa Chempionlar Ligasida “Manchester Yunayted”dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan Parijning PSJ klubi safarda “Dijon” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvda Markinyos (7), Kilian Mbappe (40), Anhel Di Mariya (50), Erik Shupo-Moting (90+2) tomonidan urilgan gollar parijliklarga chempionatda navbatdagi g‘alabani taqdim etdi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (4:0).

Liga 1

18-tur bahsi

12-mart, seshanba

Gollar: 0:1 — 7 Markinyos, 0:2 — 40 Mbappe, 0:3 — 50 Di Mariya, 0:4 — 90+2 Shupo-Moting

“Dijon”: Runarsson, Mari, Yamber, Lotoa, Ager, Amalfitano, Said, Abeyd (Sammaritano, 71), Balmon, Jennot (Xun Kvon, 83), Tavares (Keyta, 65)

PSJ: Areola, Markinyos, Silva, Kimbembe, Menye, Nkunku (Diabi, 76), Verratti, Bernat, Kurzava (Dagba, 76), Di Mariya (Shupo-Moting, 76), Mbappe

Ogohlantirishlar: Markinyos (37), Lotoa (49), Keyta (69).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют