» » Liga 1. PSJ “Gengam” darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi (video)

Liga 1. PSJ “Gengam” darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi (video)


19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 21-turi doirasidagi ikkinchi o‘yin yakunlandi.

Unda Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Gengam” klubini qabul qilib, javobsiz 9 ta gol urdi.

Uchrashuvning 11 va 68-daqiqalarida Neymar raqib darvozasiga 2 ta gol urib, dublga erishdi. Kilian Mbappe esa 37, 45, 80-daqiqalarida “Gengam” darvozasini ishg‘ol qilib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, parijliklarning yana bir hujumchisi ham Edinson Kavani ham het-trik natijani qayd etdi (59, 66, 75-daqiqalar). Jamoaning so‘nggi goliga Tiago Silva o‘rniga maydonga tushgan Tomas Menye mualliflik qildi (83-daqiqa).

Shu tariqa PSJ “Gengam” klubini o‘z maydonida tor-mor qildi.

Liga 1

21-tur bahslari

19-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 11 Neymar, 2:0 – 37 Mbappe, 3:0 – 45 Mbappe, 4:0 – 59 Kavani, 5:0 – 66 Kavani, 6:0 – 68 Neymar, 7:0 – 75 Kavani, 8:0 – 80 Mbappe, 9:0 – 83 Menye.

PSJ: Buffon, Kerer, Markinyos, Silva (Menye, 76), Bernat (Kurzava, 67), Alves, Verratti (Draksler, 19), Di Mariya, Neymar, Mbappe, Kavani.

“Gengam”: Kayar, Ikoko, Kerbrat, Eboa, Rebocho, Dido, Firi, Deo (Blas, 56), Gabkoto (Jiloboji, 73), Mendi (Rodelin, 57), Tyuram.

Ogohlantirish: Kurzava (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 131) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют