» » Fransiya. “Monako” so‘nggi daqiqa “qurboni”, “PSJ” esa raqibi postiga 6 ta gol urdi

Fransiya. “Monako” so‘nggi daqiqa “qurboni”, “PSJ” esa raqibi postiga 6 ta gol urdi


Fransiya chempionligi uchun kurash olib borayotgan Monako va Parij shahri klublarini endlikda 3 ochko ajratib turibdi. O‘tgan mavsum bu farq monakoliklar foydasiga ishlab, ular yakunda chempionlikka erishgandi. Ayni damda esa Unai Emeri boshchiligidagi parijliklar ildamroq.

“Monako” mazkur turda ochko yo‘qotdi. O‘z maydonida harakat qilgan Leanardu Jardim jamoasi so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Parijliklarning hujum triosini esa na Fransiyada va na Yevropa Chempionlar Ligasida to‘xtatib bo‘lyapti. Bu safar “PSJ” raqibi ustidan 6:2 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda Neymar dubl qayd etgan bo‘lsa, Mbappe va Kavani 1 tadan gol urdi.

Unai Emeri “PSJ”da penaltilar qanday tepilishini belgilab berdi. Endi Neymar va Kavani galma-gal 11 metrlik nuqtadan zarba beradi. So‘nggi bor Kavani unda muvaffaqiyatsizlikka uchragan, keyinroq bu jiddiy janjalga sabab bo‘lgandi.

Fransiya Birinchi Divizioni
8-tur bellashuvlari
29-sentabr, juma

Gollar: Radamel Falkao, 38 (1:0). Suleymon Kamara, 92+ (1:1).

30-sentabr, shanba

Gollar: Neymar, 5 (1:0). Edinson Kavani, 12 (2:0). Tomas Myonye, 21 (3:0). Yunus Sankare, 31 (3:1). Neymar, 39-pen (4:1). Yulian Draksler, 45 (5:1). Kilian Mbappe, 58 (6:1). Malkom, 89-pen (6:2).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-10-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют