» » Liga 1. PSJ va Kavani Anri murabbiyligidagi “Monako”ni tor-mor qildi (video)

Liga 1. PSJ va Kavani Anri murabbiyligidagi “Monako”ni tor-mor qildi (video)


11-noyabr kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 13-tur o‘yinlari yakunlandi.

Turning so‘nggi va markaziy o‘yini Monakoda kechdi. Unda Tyerri Anri boshliq “Monako” Liga 1 karvonboshisi, Tomas Tuxel boshchiligidagi PSJga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘rdi. Uchrashuvda hisob 4-daqiqada PSJ hujumchisi Edinson Kavani tomonidan ochildi. 11-daqiqada Kavani dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa urugvaylik hujumchi het-trikni nishonladi. O‘yinga yakuniy nuqtani 64-daqiqada Neymar qo‘ydi. U mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa PSJ navbatdagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

13-turdan keyin musobaqa jadvalidagi holat

Liga 1

13-tur bellashuvlari

9-noyabr, juma

“Lill”—“Strasburg” 0:0

10-noyabr, shanba

“Gengam”—“Lion” 2:4

Gollar: 1:0 – 21 Tyuram, 1:1 – 62 Auar, 1:2 – 66 Depay, 1:3 – 73 Depay, 2:3 – 79, penalti Tyuram, 2:4 – 83 Korne.

“Anjer”—“Monpelye” 1:0

Gol: 1:0 – 69 Toma.

“Tuluza”—“Amyen” 0:1

Gol: 0:1 – 28 Blen.

“Nim”—“Nitssa” 0:1

Gol: 0:1 – 61 Attal.

“Sent-Etyenn”—“Reyms” 2:0

Gollar: 1:0 – 1 Debyushi, 2:0 – 39 Hazri.

11-noyabr, yakshanba

“Bordo”—“Kan” 0:0

“Renn”—“Nant” 1:1

Gollar: 1:0 – 8 Yuxansson, 1:1 – 16 Sala.

“Marsel”—“Dijon” 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Okampos, 2:0 – 84 Rami.

“Monako”—PSJ 0:4

Gollar: 0:1 – 4 Kavani, 0:2 – 11 Kavani, 0:3 – 53 Kavani, 0:4 – 64, penalti Neymar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 03:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют