» » PSJ Fransiya Liga kubogi finalida “Monako”ni mag‘lub etib, sovringa ega chiqdi (video)

PSJ Fransiya Liga kubogi finalida “Monako”ni mag‘lub etib, sovringa ega chiqdi (video)


Fransiya Liga kubogi sohibi ma’lum bo‘ldi. PSJ va “Monako” o‘rtasida kechgan final bahsida parijliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Edinson Kavani penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 21-daqiqaga kelib Anxel Di Mariya jamoasining ikkinchi golini kiritishga erishdi. O‘yinning 85-daqiqasida Edinson dublga erishib, jamoasining yirik g‘alabasini va kubok egasiga aylanishini ta’minladi.

PSJ Fransiya Liga kubogini qatorasiga 5-marotaba qo‘lga kiritdi.

Fransiya Liga kubogi

Final bahsi

31-mart, shanba

Gollar: 1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют