WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » PSJ Fransiya Liga kubogi finalida “Monako”ni mag‘lub etib, sovringa ega chiqdi
PSJ Fransiya Liga kubogi finalida “Monako”ni mag‘lub etib, sovringa ega chiqdi
Fransiya Liga kubogi sohibi ma’lum bo‘ldi. PSJ va “Monako” o‘rtasida kechgan final bahsida parijliklarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Edinson Kavani penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 21-daqiqaga kelib Anxel Di Mariya jamoasining ikkinchi golini kiritishga erishdi. O‘yinning 85-daqiqasida Edinson dublga erishib, jamoasining yirik g‘alabasini va kubok egasiga aylanishini ta’minladi.
PSJ Fransiya Liga kubogini qatorasiga 5-marotaba qo‘lga kiritdi.
Fransiya Liga kubogi
Final bahsi
31-mart, shanba
Gollar: 1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?