» » Zidan effekti. “Real” yangi futbolchi transferini e’lon qildi

Zidan effekti. “Real” yangi futbolchi transferini e’lon qildi


Madridning “Real” klubi “Portu” himoyachisi Eder Militaoni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

21 yoshli braziliyalikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2025-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Kelishuv joriy yil yozidan kuchga kiradi.

AS nashri xabariga ko‘ra, “Portu” futbolchisiga 50 million yevro tovon puli belgilagan. Agar transfer 15-iyulga qadar amalga oshadigan bo‘lsa, 50 million yevro, mabodo undan keyin ro‘y bersa, 75 million yevro to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Joriy mavsum Militao Portugaliya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют