» » Bundesliga. “Borussiya D” bugun “Herta” mehmoni bo‘ladi, “Bavariya” esa ertaga “Mayns”ni sinovdan o‘tkazadi

Bundesliga. “Borussiya D” bugun “Herta” mehmoni bo‘ladi, “Bavariya” esa ertaga “Mayns”ni sinovdan o‘tkazadi


15-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 26-tur bahslariga start berildi.

Turning ilk bellashuvida musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi o‘z maydonida “Frayburg”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

16-mart, shanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Herta” bilan bahs boylaydi. To‘qnashuv soat 22:30 da start oladi.

17-mart, yakshanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” jamoasi “Alyans Arena” stadionida “Mayns”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv 22:00 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining o‘z maydonida kechgan bahsida “Liverpul” jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashgandi.

25-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

26-tur bahslari

15-mart, juma

Gollar: 0:1 – 10 Grifo, 1:1 – 16 Plea.

16-mart, shanba

17-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют