» » O‘zbekiston elchisi Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi


O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Bryussel shahrida) Dilyor Hakimov Niderlandiya qiroli Villyem-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini faolllashtirish, Orol dengizi qurishi oqibatlarini kamaytirish hamda Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari ta’kidlandi.

Niderlandiya rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Qirol Villem-Aleksandr Niderlandiya kompaniyalarining O‘zbekistonga ikkinchi savdo missiyasini tashkil etishini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют