» » Kongoda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Kongoda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi


17-mart kuni Kongoning Kasai pronvinsiyasida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 24 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi, yana 31 nafari jarohatlandi, deb xabar berdi “TASS”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat yo‘lovchilar poyezdga noqonuniy yo‘l bilan kirgan. Qayd etilishicha, qurbonlar orasida ko‘plab bolalar bor.

Halokat oqibatida poyezdning bir necha vagonlari ag‘darilib ketgan, yana bir nechtasi ko‘prikdan daryoga qulagan.

Xabarda aytilishicha, qorong‘i tushgani sababli qidiruv operatsiyalari vaqtincha to‘xtatilgan, ammo qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.

Halokat sababi hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют