» » Rasmiy munosabat: Surxondaryo viloyati IIB nomidan tarqatilgan e’lon soxta

Rasmiy munosabat: Surxondaryo viloyati IIB nomidan tarqatilgan e’lon soxta


Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. DIQQAT!” deb boshlanib, bir qancha grammatik xatoliklar bilan tarqatilgan e’lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hozirgi kunda soxta e’lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmang. Aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют