» » O‘zbekiston Prezidenti 44 nafar mahbusni afv etdi

O‘zbekiston Prezidenti 44 nafar mahbusni afv etdi


Shavkat Mirziyoyev Navro‘z arafasida 44 nafar mahbusni afv qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Mahbuslardan 7 nafari jazodan to‘liq ozod etilgan, 11 nafari esa shartli ravishda ozod etilgan, 12 kishining jazosi yengillashtirilgan, 13 kishining jazo muddati qisqartirilgan.

“Umumiy hisobda 30 kishi jazoni ijro etish muassasasidan o‘z oilasiga qaytadi”, — deyiladi xabarda.

Afv etilganlar orasida faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan 60 yoshdan oshgan 2 kishi, 23 yoshli 5 nafar ayol bor.

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta 2017-yilda afv tizimidan foydalangan. O‘sha yil 2700 nafar mahbus afv etilgan. O‘tgan yili Ramazon hayiti bayrami arafasida 226 kishi afv etilgan, Mustaqillik kuni 261 kishi va Konstitutsiyaning qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan 136 nafar fuqaro afv etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют