» » Toshkentdagi Puchon universiteti ijaraga joy olib faoliyat yuritmoqda

Toshkentdagi Puchon universiteti ijaraga joy olib faoliyat yuritmoqda


Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Puchon universiteti bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosida ijaraga joy olib faoliyat yuritmoqda, deb yozadi O‘zA.

Universitet maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarga, arxitektura va dizayn sohasida tajribali mutaxassislarga va boshqa yo‘nalishlarda malakali kadrlarga ehtiyoj borligini hisobga olgan holda tashkil etilgan.

Xabarda aytilishicha, hozir bu yerda 540 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 240 nafari kunduzgi maktabgacha ta’lim, yana shunchasi kechki maktabgacha ta’lim va qolgan 60 tasi koreys tili va menejmenti yo‘nalishlarida bilim olmoqda.

“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosidan maxsus ikki qavat biz uchun ajratilgan. Sharoitlar yetarli, darslar auditoriyalarda va qo‘shimcha xonalarda bo‘lib o‘tadi. Yangi binomiz ta’mirlanish jarayonida, kuzgi o‘quv yilida universitet o‘zining binosida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan”, — deydi deydi talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimi Malika Jo‘rayeva.

2018-yil qabul jarayonida uch mingga yaqin hujjatlar kelib tushganini inobatga olgan holda 2019—2020-o‘quv yillarida yana yangi fakultetlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют