WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Nyu-Yorkda shtat tarixidagi eng og‘ir vaznga ega chaqaloq tug‘ildi
Nyu-Yorkda shtat tarixidagi eng og‘ir vaznga ega chaqaloq tug‘ildi
17-mart kuni AQShning Nyu-York shtatida 6,8 kilogramm vaznga ega chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Qizcha shtat tarixidagi eng og‘ir vaznli chaqaloq sifatida e’tirof etilmoqda.
“Men tug‘ilajak bolam yirik bo‘lishini bilardim, faqat bu darajada bo‘lishini kutmagandim”, — deydi qizchaning onasi Joy Bakli.
Bakli va uning turmush o‘rtog‘i uchinchi marta ota-ona bo‘ldi. Bo‘yi 59 santimetr keluvchi chaqaloqqa Harper deya ism qo‘yildi.
Shtat ma’muriyati Harper shu vaqtga qadar ro‘yxatga olingan chaqaloqlar orasida eng vazni og‘iri hisoblanishini ma’lum qilgan.
Hozirda Harper tug‘uruqxonada, shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?