» » Yangi Zelandiyada hujum va yarim avtomat o‘qotar qurollari taqiqlandi

Yangi Zelandiyada hujum va yarim avtomat o‘qotar qurollari taqiqlandi


21-mart kuni Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakat hududida hujum va yarim avtomat o‘qotar qurollarini oborotga va ekspluatatsiyaga chiqarishga taqiq o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Rasmiy bayonot Yangi Zelandiya hukumati saytida chop etilgan.

“Dushanba kuni, Kraystcherchdagi dahshatli terroristik harakatdan 72 soat o‘tgach, Vazirlar mahkamasi qonunni qayta ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Endi, ushbu hujumdan olti kun o‘tgach, Yangi Zelandiyada yangi namunadagi barcha yarim avtomat va hujum vintovkalari taqiqlangani haqida ma’lum qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Vazirlar mahkamasi shu turdagi qurollarni o‘z egalariga sotib olish sxemasini ishlab chiqishni buyurdi.

Sport musobaqalarida va fermer xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi foydalaniluvchi, shuningdek, politsiya xodimlari va mamlakat qurolli kuchlari vakillarining yarim avtomat va hujum qurollaridan foydalanishi qonun loyihasida istisno sifatida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют