» » AQSh Golan tepaligini Isroil hududi deb tan oldi

AQSh Golan tepaligini Isroil hududi deb tan oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning 1967-yilda Suriyadan g‘alaba qozonilgan Golan tepaligiga nisbatan suverenitetini Vashington tomonidan to‘liq tan olish vaqti kelganini ma’lum qilgan, deya xabar berdi ForumDaily.

Tramp o‘zining Twitter’dagi mikroblogida platoning Isroil davlatining xavfsizligi va mintaqaviy barqarorligi uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini yozgan.

Golan tepaligi 1967-yilgacha Suriya tarkibiga kirgan. Olti kunlik urush davrida Isroil qo‘shinlari ushbu hududni egallab olgan. Isroil Golan tepaligi uchun o‘z ma’muriyati va qonunlarini 1981-yilda joriy etgan, ammo boshqa hukumatlar ushbu aktni tan olmagan.

Suriya mintaqadagi suverenitetni tiklashga doimiy ravishda harakat qilgan. O‘n yillar davomida BMT vaqti-vaqti bilan unda bir necha marta tinchlikparvarlik missiyasini amalga oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют