» » Oq uy Isroilning Suriyaga hujumlarini “o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqi” deb e’tirof etdi

Oq uy Isroilning Suriyaga hujumlarini “o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqi” deb e’tirof etdi


Isroilda o‘z-o‘zini himoya qilish uchun suveren huquq bor, va AQSh ushbu mamlakatning o‘z hududini himoya qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Isroil harbiylarining Suriya hududiga hujumlarini shunday izohladi, deb yozadi “RBK”.

Uning fikricha, Eron tomonidan Isroilning Golan tepaliklaridagi pozitsiyalari raketadan o‘qqa tutilishi Eron rejimiga ishonib bo‘lmasligini yana bir bora ko‘rsatib beradi. “Bu AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro shartnomasidan chiqish haqida to‘g‘ri qaror qabul qilganining yana bir isbotidir”, — dedi Sanders.

Avvalroq Eronning Suriyadagi qurolli kuchlari Golan tepaliklaridagi Isroil qo‘shinlari marralariga raketa hujumini uyushtirgan edi. Keyinroq Isroil harbiylari Suriyadagi radiolokatsiya qurilmasini yo‘q qilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют