» » Yevro—2020. Angliya va Fransiyada yirik g‘alaba, Portugaliya esa Ukrainani yuta olmadi (video)

Yevro—2020. Angliya va Fransiyada yirik g‘alaba, Portugaliya esa Ukrainani yuta olmadi (video)


22-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 1-turning navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Chexiya termasini qabul qildi.

Uchrashuvning 24, 62 va 68-daqiqalarida Rahim Sterling raqib darvozasini ishg‘ol qilib, het-trikka erishgan bo‘lsa, Harri Keyn (45) ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:0). 84-daqiqada esa Chexiya terma jamoasi a’zosi o‘z davozasiga gol urib qo‘ydi (5:0).

Shu tariqa Angliya termasi o‘z maydonida kechgan bahsda Chexiyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).

Mazkur musobaqaning amaldagi chempioni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya termasi Ukraina terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv dabomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Shu kuni Rossiya mezbonlik qilgan Jahon Chempionati—2018 musobaqasi g‘olibi Fransiya terma jamoasi safarda Moldova termasini sinovdan o‘tkazdi.

Bahsda Antuan Grizmann (24), Rafael Varan (27), Olivye Jiru (36), Kilian Mbappe (87) ning kiritgan gollariga mezbon jamoa Vladimir Ambrosning 89-daqiqada kiritgan yagona goli bilan javob qaytardi (4:1).

Shu tariqa fransuzlar mehmonda Moldova terma jamoasini 4:1 hisobida yengib, dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Turkiya terma jamoasi esa safarda Albaniya bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Burak Yilmaz hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib, Hoqon Cholxono‘g‘lu hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi va jamoasining g‘alabasini mustahkamladi (2:0).

Yevro—2020

Saralash, 1-tur bahslari

22-mart, juma

“A” guruhi

Gollar: 0:1 — 50 Mugosa, 1:1 — 82 Nedelev

Gollar: 1:0 — 24 Sterling, 2:0 — 45 Keyn, 3:0 — 62 Sterling, 4:0 — 68 Sterling, 5:0 — 84, avtogol, Kalash

“B” guruhi

Gollar: 0:1 — 14 Sernich, 1:1 — 45 Barreyro, 2:1 — 55 Rodriges

“H” guruhi

Gollar: 0:1 — 21 Yilmaz, 0:2 — 55 Cholxono‘g‘lu

Gollar: 0:1 — 22 Byarnason, 0:2 — 80 Kyartansson

Gollar: 0:1 — 24 Grizmann, 0:2 — 27 Varan, 0:3 — 36 Jiru, 0:4 — 87 Mbappe, 1:4 — 89 Ambros

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют