» » Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant bo‘ldi

Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh debyutant bo‘ldi


22-mart, juma kuni Yevro—2020 musobaqasiga saralash bahsidan o‘rin olgan Chexiyaga qarshi o‘yinda “Chelsi” yarim himoyachisi Kallum Hadson-Odoi maydonga tushdi (5:0).

U uchrashuvning 70-daqiqasida het-trik muallifi, “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Natijada Hadson-Odoi Angliya terma jamoasi tarixidagi rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh debyutant bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi. Kecha u maydonga tushgan vaqtda 18 yosh 135 kunlik edi.

Bu borada u Dankan Edvards o‘rnatgan rekordni yangiladi. Edvards 18 yosh 183 kunlik vaqtida mamlakat termasi tarkibida ilk bor maydonga tushgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют