» » Messi va Ronalduga dars. Harri Keyn so‘nggi 18 ta penaltini aniq amalga oshirdi

Messi va Ronalduga dars. Harri Keyn so‘nggi 18 ta penaltini aniq amalga oshirdi


22-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Yevro—2020 saralash bahsida Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Chexiya darvozasiga gol urdi (5:0).

1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Keyn penaltidan darvozani ishg‘ol qildi.

“Tottenhem” futbolchisi barcha musobaqalarni hisoblaganda klub hamda terma jamoa safida so‘nggi 18 ta penaltini aniq amalga oshirdi, deb yozadi Gracenote Live.

Shuningdek, bu Keynning mamlakat terma jamoasi tarkibida 36 ta o‘yindagi 21-goli bo‘ldi. U hali Angliya terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar bahsida top-10 futbolchilar ro‘yxatiga kirganicha yo‘q. Mazkur ro‘yxatda “Di Si Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 120 ta uchrashuvda 53 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют