» » Namangan delegatsiyasi Janubiy Koreyada gulchilik va shaharsozlik borasida tajriba almashmoqda

Namangan delegatsiyasi Janubiy Koreyada gulchilik va shaharsozlik borasida tajriba almashmoqda


Shavkat Mirziyoyev Namangandagi saylovoldi uchrashuvi davomida zamonaviy landshaft dizayni asosida gulzorlar, xiyobonlar yaratish, noan’anaviy gullar yetishtirish, mahalliy mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish yuzasidan tavsiyalar bergan edi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda. 

Namangan shahar hokimining o‘rinbosari Saidahamad Sultonov boshchiligidagi delegatsiya shu maqsadda Janubiy Koreyaga safar uyushtirdi.

Delegatsiya a’zolari Koreya gullari assotsiatsiyasi raisi Im Yung O, Hanti Nurceru gulchilik kompaniyasi prezidenti Kim Shi Buk hamda Koyan shahri meri o‘rinbosari Choy Bong Son bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekistonda Namangan “gullar shahri” deya e’tirof etilgani kabi, Janubiy Koreyada ham Koyan huddi shunday shahar hisoblanadi. 1997-yildan beri Koyan shahrida xalqaro gul ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unga bir milliondan oshiq gul ixlosmandi tashrif buyuradi.

Bo‘lib o‘tayotgan muloqotlarda shaharsozlik, obodonlashtirish, noyob gullarni yetishtirish va parvarishlash, ko‘rkam xiyobonlarni bunyod etish yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda.

Delegatsiyasi a’zolari Namanganda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan gullar bayrami, namanganlik mashhur gulchilar haqida so‘zlab berdi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют