» » Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Aloqa agentligi raisi qidiruvga berildi

Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Aloqa agentligi raisi qidiruvga berildi


25-mart kuni idorasi to‘qqiz million dollar miqdorida qarzdor bo‘lgan Beg Saburning ish kabineti Tojikiston Bojxona qo‘mitasi tomonidan muhrlandi, deb yozadi Knews.

Beg Saburning o‘zi esa, xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Ko‘lob shahriga ketgan. Biroq Tojikiston prezidentining oltinchi qizi Zarina Rahmonovaga uylangan o‘g‘li Ramz Zuhurov ham ko‘rinmay qolgan. Beg Saburning oilaviy biznesi ham uning nomiga rasmiylashtirilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Beg Saburning ta’qib qilinishi va o‘g‘li bilan yashirinishiga Ramz Saburning Zarina Rahmonova bilan ajrashishi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, Beg Saburga Dushanbe markazida Aloqa xizmati binosini qurish uchun jori yilning sentabr oyigacha muhlat berilgan. Biroq qurilish ishlari hali boshlanmagan.

Shuningdek, Ramz Saburning Emomali Rahmonning qizi Zarina Rahmonova bilan ajrashishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmasligi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют