» » Morata ispan futboli tarixida bo‘lmagan natijani qayd etdi

Morata ispan futboli tarixida bo‘lmagan natijani qayd etdi


26-mart, seshanba kuni Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Yevro—2020 saralash bosqichida Maltaga qarshi o‘yinda dublga erishdi (2:0).

Bu 26 yoshli futbolchining 2017-yil noyabr oyidan buyon terma jamoa safidagi dastlabki gollari bo‘ldi. Umumiy hisobda uning hisobida 28 ta uchrashuvda 15 ta gol mavjud.

Morata “Real” hamda “Atletiko” safida o‘ynab, Ispaniya tarkibida gol urgan terma jamoa tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, u 4 ta klub o‘yinchisi sifatida Ispaniya termasi uchun gol urgan Xulio Salinas hamda Fernando Moryentesdan keyin uchinchi futbolchiga aylandi (“Real”, “Yuventus”, “Chelsi”, “Atletiko”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют