» » Ramos himoyachimi o‘zi? Serxio Ispaniya terma jamoasida ketma-ket 5 ta o‘yinda beri gol urmoqda

Ramos himoyachimi o‘zi? Serxio Ispaniya terma jamoasida ketma-ket 5 ta o‘yinda beri gol urmoqda


23-mart, shanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichi 1-turida Ispaniya terma jamoasi Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ispaniyaliklar uchrashuvning 71-daqiqasida jamoa sardori Serxio Ramosning penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

32 yoshli Ramos terma jamoa safida ketma-ket 5 ta o‘yindan buyon gol urmoqda, deb xabar berdi Pedro Martin o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

“Real” a’zosi 2 ta golni 11 mertlik jarima zarbasidan urgan bo‘lsa, yana 3 tasini boshi bilan kiritgan.

Ma’lumot uchun, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 162 ta o‘yin o‘tkazib, umumiy hisobda 18 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют