Yevro—2020 yo‘lida. Italiya Finlyandiyani taslim etdi, Ramosning goli esa Ispaniyaga g‘alaba keltirdi (video)
23-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining saralash bosqichi doirasida guruhlarda 1-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Luis Enrike qo‘l ostidagi Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Norvegiya termasini qabul qildi.
Bellashuvning 16-daqiqasida Rodrigo hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Joshua King penaltidan gol urdi (1:1). Oradan 6 daqiqa o‘tib, ispanlar sardori Serxio Ramos ham 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
Shu kuni Roberto Manchini boshqaruvidagi Italiya terma jamoasi Finlyandiya bilan bahsga kirishdi.
O‘yin davomida Nikolo Barella (7) hamda Moyze Kin (74) ning kiritgan gollari Italiya termasining g‘alabasini ta’minladi va jamoa datlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (2:0).
Yevro—2020
Saralash, 1-tur bahslari
23-mart, shanba
“D” guruhi
Gollar: 0:1 — 57 Suber, 0:2 — 80 Zakariya
Gol: 0:1 — 49 Hendrik
“F” guruhi
Gollar: 1:0 — 13 Nvoko, 2:0 — 77, penalti, Borg, 2:1 — 90+8 Tomsen
Gollar: 1:0 — 33 Kuayson, 2:0 — 40 Klaesson, 2:1 — 58 Kesheru
Gollar: 1:0 — 16 Rodrigo, 1:1 — 65, penalti, King, 2:1 — 71, penalti, Ramos
“J” guruhi
Gollar: 1:0 — 33 Krunich, 2:0 — 80 Milosevich, 2:1 — 90 Mxitaryan
Gollar: 1:0 — 7 Barella, 2:0 — 74 Kin
Gollar: 0:1 — 45 Fortunis, 0:2 — 80 Donis
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
