» » To‘purar himoyachi kim deb so‘ralsa, Serxio Ramosni ko‘rsating!

To‘purar himoyachi kim deb so‘ralsa, Serxio Ramosni ko‘rsating!


Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos Ispaniya Kubogi 1/4 final uchrashuvida “Jirona” bilan kechgan bahsda dublga erishdi (4:2).

Bu 32 yoshli himoyachining joriy mavsumdagi 13 va 14-gollari bo‘ldi. Endilikda uning hisobida 14 ta gol mavjud (“Real” tarkibida 10 ta va Ispaniya terma jamoasi uchun 4 ta gol urgan).

Ramos amaldagi mavsum davomida 7 ta penaltining barchasidan unumli foydalandi. Umuman olganda, ispaniyalik futbolchi (“Jirona” urgan birinchi goli ham penaltidan) futbolchilik karyerasida 11 metrlik jarima zarbasidan 15 marta darvozani ishg‘ol qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют