» » Serxio Ramos 2018-yilda birorta ham qizil kartochka olmadi

Serxio Ramos 2018-yilda birorta ham qizil kartochka olmadi


Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos faoliyati davomadi 3-marta 1 kalendar yil hisobini qizil kartochkasiz o‘tkazdi, deya xabar berdi “Chempionat.com”.

Ramos 2018-yilda 24 ta sariq kartochka ishlab oldi (Ispaniya chempionatida 16, Chempionlar Ligasida 4, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 2, Jahon Chempionatida 1, UEFA Superkubogida 1 ta), ammo biror marta maydondan chetlatilmadi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi qizil kartochka ishlab olish bo‘yicha La Liga rekordchisi hisoblanadi (19 ta). 2005-yilda “Real” tarkibiga qo‘shilgandan so‘ng, u umumiy hisobda 24 marta maydondan chetlatilgan.

Joriy yilda Ramos “Real” safida Yevropa Chempionlar Ligasi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ushbu mavsumda u La Liga doirasida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi va 1 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют