So‘nggi daqiqalar qiroli — Serxio Ramos 32 yoshga to‘ldi (fotogalereya)
Bugun, 30-mart “Real Madrid” hamda Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramosning tug‘ilgan kuni. Himoyachi o‘zining 32-bahorini nishonlamoqda.
Serxio Ramos bugunga qadar “Sevilya” va “Real Madrid” safida 604 o‘yinda maydonga tushgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 151 ta uchrashuv o‘tkazdi. Himoyachi faoliyatida bugunga qadar 88 ta gol urishga erishgan. 21 ta sovringa ega chiqqan. La Liganing eng ko‘p qizil kartochka olgan himoyachisidir. Uning hisobida La Liga olingan 19 ta qizil kartochka bor.
Quyida “So‘nggi daqiqalar qiroli”ning sovrinlari ro‘yxatiga nazar tashlab o‘tamiz:
Jahon chempioni : 2010
Yevropa chempioni (2): 2008, 2012
Umumiy: 3 sovrin
Ispaniya chempioni (4): 2006/07, 2007/08, 2011/12, 2016/17
Ispaniya kubogi sohibi (2): 2010/11, 2013/14
Ispaniya superkubogi sohibi (3): 2008, 2012, 2017
Chempionlar ligasi sohibi (3): 2013/14, 2015/16, 2016/17
UYeFA superkubogi sohibi (3): 2014, 2016, 2017
Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati sohibi (3): 2014, 2016, 2017
UYeFA talqini bo‘yicha yil ramziy terma jamoasi a’zosi: 2008, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
