» » “Bunyodkor” Chempionlar ligasining ketma-ket uch o‘yinida mag‘lub bo‘lib, klub antirekordini o‘rnatdi

“Bunyodkor” Chempionlar ligasining ketma-ket uch o‘yinida mag‘lub bo‘lib, klub antirekordini o‘rnatdi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bunga qadar Sergey Lushchan jamoasi Saudiyada “Al-Ahli”dan, Toshkentda “Al-Ayn”dan yengilgandi.

Eronning “Zob Ohan” klubini qabul qilgan “qaldirg‘ochlar” 54-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Himoyachi Javlon Mirabdullayev to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, forslar tarkibida to‘p surayotgan Bengtson esa buni kechirmadi.

“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Javlon Mirabdullayev bungacha 398 kun davomida katta futbolda ko‘rinish bermagan. U so‘nggi bor 2016-yilning fevral oyida BAAning “Ash-Shabob” klubiga qarshi pley-off o‘yinida o‘ynagan bo‘lib, shundan keyin sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab “yo‘qolib qolgandi”.

92-daqiqada Alisher Sanoyev o‘z jarima maydonchasi ichida raqibini qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Belgilangan penaltini Murtazo Tabriziy aniq amalga oshirib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

“Zob Ohan”ga qarshi bellashuvning 63-daqiqasida “Bunyodkor”ning moldovalik legioneri Vadim Chemirtan qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan ertaroq tark etdi. Qayd etish kerak, bir tur avval Akrom Komilov shunday ishga qo‘l urib, “Bunyodkor”ni qiyin ahvolda qoldirgandi.

Mazkur bellashuvda, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov ishtirok etmadi. “Olmaliq” klubiga qarshi o‘yinda ham u zaxiradan maydonga tushgan bo‘lib, Sergey Lushchan buni terma jamoa murabbiylarining maslahati bilan izohlagandi.

3-turdan keyin “Bunyodkor” guruhda 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Bu bilan klub navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi va imkoniyatlarini keskin kamaytirdi. Qayd etish kerak, klub tashkil topganidan buyon xalqaro maydonda ketma-ket uch o‘yinni boy bermagandi. Sergey Lushchan boshqaruvida “qaldirg‘ochlar” mana shunday antirekord o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, Lushchan tarixda ilk bor “Bunyodkor”ni guruh bosqichidan olib chiqa olmagan murabbiy hisoblanadi. U bu ishni bir emas, ikki bor — 2015 va 2016-yilgi mavsumlarda takrorlagan. Ayni vaqtda uchinchi muvaffaqiyatsizlikka ancha yaqin turibdi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“С” guruhi. 3-tur
13-mart, dushanba

Gol: Bengtson, 54 (0:1). Murtazo Tabriziy, 90+3-pen (0:2).
Chetlatish: Vadim Chemirtan, 63 (B).

“Bunyodkor”: Murod Zuxurov — Xurshid G‘iyosov, Dushan Michich, Rustam Ashurmatov, Javlon Mirabdullayev, Nurillo To‘xtasinov (Alisher Sanoyev, 70), Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov (Javohir Esonqulov, 52), Doston Hamdamov, Shahzod Nurmatov (Sardor Azimov, 75), Vadim Chemirtan.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют